Янгилик сюжетлари

“Yashil” iqtisodiyot masalalari muhokamasi Bank-moliya akademiyasida

Buyuk Britaniya Elchisi “yashil” iqtisodiyot masalalarini Bank-moliya akademiyasi talabalari bilan muhokama qildi

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Banking and Finance Academy Uzbekistan

Photo: UzReport

O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar O’zbekiston Bank-moliya akademiyasida “Britaniya iqtisodiyotini yashillashtirish” bo’yicha ma’ruza bilan so’zga chiqdi. Yuz nafar talabalar va oily o’quv yurtda ish olib borayotgan hodimlar janob Edgarning ma’ruzasini tinglashga muvafaq bo’ldi. O’z chiqishi davomida janob Elchi Buyuk Britaniyada “yashil” iqtisodiyoti rivojlanishi uchun turtkilar, Buyuk Britaniyaning bu sohada siyosati va qonunchiligi va pas uglerodli iqtisodiyotni tashkil etishga qaratilgan choralar haqida to’xtalib o’tdi. Bundan tashqari janob Edgar o’zgarib kelayotgan iqlimning ta’siri va samarali energiya manbalarini rivojlantirish haqida ham gapirib o’tdi. “Buyuk Britaniya hukumati atrof muhitni saqlash va iqlim o’zgarish savollariga juda katta ahamiyat qaratadi. Bu yonalishda ikki savolga alohida e’tibor berish kerak. Bular: ziyon yetkazadigan jarayonlar iqtisodiy va moliyaviy qarorlarni qabul qilinishida inobatga olinishi hamda bozor tizimlari davrida hozirgi kundagi mushkul vaziyatlardan samarali yechimlar topilishidir” dedi janob Edgar ma’ruza davomida. Ma’ruza talabalar va o’qituvchilar orasida katta qiziqish uyg’otti va o’z chiqishi yakunida janob Elchi bir qator savollarga javob berdi. Elchining “yashil” iqtisodiyotga bag’ishlangan chiqishi Buyuk Britaniya Elchixonasining Bank-moliya Akademiyasi bilan hamkorligining yana bir misoli ornida aytib o’tish mumkin. Bundan avval Bath va London Metropolitan Universitetlarning mutaxassislari audit, mablag’ va soliqlar tizimi haqida ma’ruzalar o’tkazgan. 2012 yilda esa Buyuk Britaniya yordami bilan akademiya kutubxonasi maxsus kitoblar bilan boyitilgan.

Нашр қилинган 28 April 2014