Янгилик сюжетлари

O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning Kengaytirilgan Preferensiyalar bosh tizimiga qo‘shilgan birinchi davlat bo‘ldi

2021-yil 22-noyabr kuni O‘zbekistonning Buyuk Britaniyaning Kengaytirilgan Preferensiyalar Bosh Tizimi afzalliklari va imkoniyatlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu matbuot anjumani Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. O‘zbekistonga ilk rasmiy tashrif bilan kelgan Qirolichaning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha savdo komissari Kenan Poleo O’zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan birgalikda matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘zbekiston 2021-yil 1-noyabrda Buyuk Britaniyaning Kengaytirilgan GSP tizimi a’zoligiga har ikki hukumatning bor-yo’g’i 6 oy ichidagi qizg‘in sa’y-harakatlaridan so‘ng rasman qabul qilindi. Kengaytirilgan GSP tizimi benefisiari maqomi berilishining sabablaridan biri O‘zbekiston inson huquqlari, mehnat standartlari, atrof-muhit va samarali boshqaruv sohasidagi 27 ta asosiy xalqaro konvensiyani muvaffaqiyatli ratifikatsiya qilgani bo‘ldi. O‘zbekiston ushbu sxemaga qo‘shilgan birinchi davlat bo‘ldi va endilikda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 7800 dan ortiq tovarlarga MUTLAQO import boj to’lovi yo’qligini inobatga olgan holda, ikkala davlat ham o’zaro savdo aloqalarini kengaytirish niyatidan dalolat beradi.

Kengaytirilgan GSP tizimi O’zbekistonga umumiy qiymati 437 milliard funt sterlingdan ortiq dunyoning beshinchi eng yirik iqtisodiyoti va dunyoning yetakchi xalqaro iste’mol va chakana savdo bozoriga kirish imkonini beradi. Buyuk Britaniya uchun esa mintaqaviy markaz bo’lib xizmat qiladigan va mintaqaning eng jadal o’sayotgan va rivojlanayotgan bozoriga kirishni osonlashtiradi, hamda O‘zbekistonning noyob to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa turli xil mahsulotlariga yo’l ochadi.

Press konferensiyadagi nutqida jannob Kenan Poleo quyidagini ta’kidlab o’tdi: “Buyuk Britaniya oʻsib borayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlar savdodan qashshoqlikni kamaytirish uchun vosita sifatida foydalanishini taʼminlashga intiladi. GSP Buyuk Britaniyaning dinamik bozoriga imtiyozli kirishni ta’minlash orqali bunda juda muhim rol o’ynaydi. Bu, o‘z navbatida, aholisi yosh va jadal o‘sib borayotgan O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlikni rag‘batlantirishga xizmat qiladi”.

Qo’shimcha ma’lumot

Нашр қилинган 23 November 2021