Янгилик сюжетлари

Toshkentda Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi

Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashining (O’BSSK) 23-yig’ilishi joriy yilning 17 noyabrida Toshkent Xalqaro biznes markazida bo’lib o’tdi.

UBTIC 2016 Plenary Session

UBTIC 2016 Plenary Session

O’BSSKning yillik sessiyalari O’zbekiston hukumati va Britaniya korxonalari vakillarini ikkita davlat orasidagi savdo va sarmoya munosabatlarining yanada rivojlanishi maqsadida o’tkaziladi.

O’BSSKning umumiy yig’ilishi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, janobi oliylari Elyor Ganiev, hamda Buyuk Britaniya tomonidan kengash hamraisi Avliyo Mixayil va Avliyo Georgiy, Qirolicha Viktoriya va Britaniya Imperiyasining A’lo ordeni sohibi Barbara Hey raisligida bo’lib o’tdi.

Umumiy majlis davomida tomonlar O’zbekiston va Buyuk Britaniyada ijtimoiy-iqtisodiy sohaning rivojlanishi, O’zbekistonning turli iqtisodiy sohalardagi potentsial investitsion loyihalar va ushbu loyihalarda Britaniya korxonalarining ishtiroki kabi masalalar muhokama qilindi.

Britaniya tomonidan esa Buyuk Britaniyaning eksport-kredit agentligi ko’magida mavjud bo’lgan imkoniyatlar to’g’risida ma’lumot berildi, hamda Britaniyalik korxonalar O’zbekiston bozorida taklif qilmoqchi bo’lgan tovarlar va xizmatlar borasida taqdimotlar o’tkazdilar.

Uchrashuv davomida O’zbekiston delegatsiyasi neft-gaz, energetika, konchilik, farmatsevtika, ta’lim va turizm kabi sohalarda ikki-tomonlama savdoni rivojlantirish imkoniyatlarini alohida ta’kidlab o’tdi. Bundan tashqari, 20dan ortiq Britaniya korxonalari vakillari mamlakatimiznda mavjud bo’lgan sarmoyaviy potentsiali va xususiylashtirish dasturi doirasidagi ohirgi o’zgarishlar haqida boxabar qilindilar.

Umumiy ma’lumot: O’BSSK – savdoni rivojlantirish organi bo’lib:

  • 1994 yilda imzolangan ikki-tomonlama kelishuv asosida tashkil qilingan;
  • O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan va O’zbekistonga sarmoya kiritishni rejalashtirayotgan Britaniya korxonalarini qo’llab-quvvatlaydi;
  • O’zbekistan va Buyuk Britaniya orasidagi savdo va insvestitsiya munosabatlarining rivojlanishini qo’llab-quvvatlaydigan yillik anjumanlarni uyushtiradi;
  • yig’ilishlar navbat bilan Toshkentda va Londonda bo’lib o’tadi;
  • ikkala tomon vakillari O’BSSKning hamraislaridir;
Нашр қилинган 18 November 2016