Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniyaning eksport bo‘yicha savdo vaziri tarixda birinchi marta O‘zbekistonga tashrif buyurdi

2022-yilning 7-iyun kuni Buyuk Britaniyaning eksport bo‘yicha savdo vaziri Mayk Frier Toshkentga tashrif buyurdi. Bu Buyuk Britaniya savdo vazirining O‘zbekistonga birinchi tashrifi bo‘ldi.

O‘tgan yili Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ikki baravar ko‘payib, 478 million dollarni tashkil etdi va uni yana ikki barobar oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Shu munosabat bilan, Buyuk Britaniya savdo munosabatlarimizni rivojlantirishni qo’llash uchun savdoni rivojlantirish jamg’armalaridan foydalanishni o’rganmoqda.

Vazirga Buyuk Britaniyaning kichik biznes delegatsiyasi, jumladan, London fond birjasi, Standard Chartered banki, Arup va TheCityUK ning yuqori martabali vakillari hamrohlik qildi. Britaniya korxonalari O‘zbekistonning ulkan xususiylashtirish dasturini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Tashrif chog‘ida vazir quyidagilar bilan uchrashdi:

  • Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov;
  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Bosh vazir oʻrinbosari/ Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov;
  • Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori;
  • “O‘zbekiston aeroportlari” kompaniyasi raisining o‘rinbosari.

Moliya vazirligida uchrashuv

Vazir Frier Moliya vazirining o’rinbosari Odilbek Isoqov bilan uchrashdi va Britaniyaning moliyaviy va professional xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarining mamlakatda biznes yuritishdan katta qiziqishi borligini ta’kidlab, ular O’zbekistonning jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiyoti uchun katta imkoniyatlar ko’rayotganini aytib o’tdi.

Shuningdek, yevroobligatsiyalar chiqarish va O’zbekistonning yirik davlat korxonalari va banklari aksiyalarini London fond birjasida joylashtirish bo’yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Standard Chartered va Britaniya kredit agentligi (UKEF) hukumatni markaziy hukumat darajasida moliyalashtirishni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, kapital bozorlariga kirishni taʼminlash, investitsiyalarni jalb qilish va aktivlarni boshqarishni takomillashtirishga yordam berishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. TheCityUK mamlakat kapital bozorini rivojlantirish bo’yicha hamkorlikni kuchaytirishga tayyor.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida uchrashuv

Vazir Frier Bosh vazir o’rinbosari Sardor Umurzoqov bilan uchrashib, O’zbekiston va Buyuk Britaniya o’rtasida allaqachon ikki baravarga oshib, 478 million dollarga yetgan savdo hajmini yanada oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Shu maqsadda Vazir O‘zbekistonni Kengaytirilgan bosh preferesiyalar tizimi (GSP) imtiyozlaridan maksimal darajada foydalanish va Britaniya bozorlarida sotiladigan O’zbekiston mahsulotlari hajmini oshirishda qo’llab-quvvatlashdan manfaatdorligini bildirdi (O’zbekiston 2021-yilning noyabr oyida Buyuk Britaniyaning EF GSP tizimiga qabul qilingan birinchi davlat bo’ldi).

Bundan tashqari, texnik qo’llab-quvvatlashning salohiyatli yo’nalishlari, xususan, mamlakatda iqtisodiyot va savdoni liberallashtirish bo’yicha islohotlarni amalga oshirishga ko’maklashish, shuningdek, JSTga kirish va salohiyatni oshirish masalalari muhokama qilindi. Vazir Frier vazir Umurzoqovga Buyuk Britaniya O’zbekistonning JSTga aʼzo bo’lishini to’liq qo’llab-quvvatlashini bildirdi.

Bundan tashqari, vazirlar O’zbekiston-Buyuk Britaniya savdo va sarmoyaviy kengashining yillik savdo-investitsiya tadbiri sanasini e’lon qildilar, tadbir 2022-yil oktabr oyining so‘nggi haftasida bo‘lib o’tishi belgilandi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan uchrashuv

Vazir Frier Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) raisi Abdulla Xursanov bilan uchrashib, Buyuk Britaniyaning moliyaviy va professional xizmatlar kompaniyalari imkoniyatlarini muhokama qildi. Buyuk Britaniyada yirik konsalting va ESG firmalari, investitsiya banklari va aktivlar menejerlari, tegishli ekspertiza va audit kompaniyalari joylashgan. Olmaliqning xususiylashtirish va xalqaro kapitalni jalb qilish bo’yicha ulkan rejasida London fond birjasi obligatsiyalar chiqarish va IPO uchun eng yaxshi tanlovga aylanmoqda. Xorijiy sarmoyadorlar tomonidan O’zbekiston qimmatli qog’ozlariga bo’lgan ishtaha juda yuqori ekanligi qayd etildi.

Vazir janob Xursanovga Buyuk Britaniya eksport-moliya kredit agentligi (UKEF) va Buyuk Britaniyaning Standard Chartered kabi banklarining OKMK tomonidan taqdim etilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun moʻljallangan moliyaviy vositalari haqida maʼlumot berdi.

“O’zbekiston aeroportlari” bilan uchrashuv

Vazir Frier “O‘zbekiston aeroportlari” aksiyadorlik jamiyati raisi o‘rinbosari bilan uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekiston hududlari va poytaxtida yangi aeroportlar va terminallarni rivojlantirish va qurish bo‘yicha rejalarini yuqori baholadi. Shuni ta’kidlab o’tdiki, Britaniya kompaniyalari aviatsiya va aeroportlarni qurish va boshqarish, jumladan, muhandislik va dizayn, strategik rejalashtirish, ekspluatatsiyalar bo’yicha maslahatlar berish, shuningdek, terminallarni xavfsizlik va nazorat qilish tizimlari bilan ta’minlash, yuklarni tashish va hokazolar bo’yicha jahon darajasidagi tajribaga ega. Buyuk Britaniya aviatsiyasi va aeroporti imkoniyatlarining eng a’lo namunasi Londondagi Xitrou aeroportidir.

Vazir Britaniyaning muhandislik va arxitektura kompaniyalari, banklari va kredit agentligi xalqaro kompaniyalar bilan birgalikda “Uzbekistan Airports” AJning uchta yangi loyihasida ishtirok etishga tayyorligini qayd etdi.

Qo’shimcha ma’lumot:

Нашр қилинган 10 June 2022