Янгилик сюжетлари

Janubiy Osiyo va Hamdo'stlik davlatlari ishlari bo'yicha Davlat vaziri, Lord Ahmadning O’zbekistonga tashrif

Janubiy Osiyo va Hamdo'stlik davlatlari ishlari bo'yicha Davlat vaziri, hamda nizoli vaziyatlarda jinsiy zo'ravonlikning oldini olish bo'yicha Buyuk Britaniya Bosh vazirning maxsus vakili Lord Ahmad Uimbldon 2021-yil 15-16 iyul kunlari O’zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrifning maqsadi, avvalambor, “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog’liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida bo’lib o’tgan xalqaro anjumanda ishtirok etish, hamda Buyuk Britaniya va O’zbekiston o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlari hamda Buyuk Britaniyaning O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni qo’llab-quvvatlashi to’g’risida muzokaralar olib borish bo’ldi.

Tashrif davomida Lord Ahmad Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Senat raisi Tanzila Narbaeva, Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o’rinbosari va Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov, Inson huquqlari bo’yicha ombudsman Feruza Eshmatova va Afg’oniston bo’yicha Prezidentning maxsus vakili Ismatulla Irgashev kabi yuqori martabali rasmiylar bilan uchrashdi.

Shuningdek, Lord Ahmad Milliy gvardiyaning qo’mondoni, general-mayor Rustam Djurayev bilan birgalikda O’zbekiston va Buyuk Britaniya o’rtasida harbiy hamkorlik rejasini imzolash marosimida qatnashdi va xalqaro anjumanning yalpi majlisida nutq so’zladi.

Lord Ahmad o’z nutqida quyidagilarni aytib o’tdi:

“Ushbu anjumanning mintaqaviy bog’liqlikka qaratilgan e’tibori muhim ahamiyatga ega. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlik xavfsiz, farovon va barqaror rivojlanishning asosidir. Buyuk Britaniya ushbu sa’y-harakatlarni qo’llab-quvvatlash uchun qo’lidan kelganini qiladi… Biz ushbu ajoyib mintaqadagi transchegaraviy infratuzilmani takomillashtirish, ish o’rinlari va yangi savdo imkoniyatlarini yaratish, uglerod chiqindilarini kamaytirish va millionlab uylar va korxonalarni barqaror quvvat bilan ta’minlashga qaratilgan Osiyo mintaqaviy savdo va bog’liqlik dasturi va CASA 1000 kabi loyihalarni amalga oshirshida o’z xissamizni qo’shayotganimizdan faxrlanamiz”.

Нашр қилинган 23 July 2021