Янгилик сюжети

Janubiy Osiyo va Hamdo'stlik davlatlari ishlari bo'yicha Davlat vaziri Uimbldonlik Lord Ahmad O’zbekistonga tashrif buyurdi

Janubiy Osiyo va Hamdo'stlik davlatlari ishlari bo'yicha Davlat vaziri, hamda nizoli vaziyatlarda jinsiy zo'ravonlikning oldini olish bo'yicha Buyuk Britaniya Bosh vazirning maxsus vakili Uimbldonlik Lord Ahmad 2021-yil 14 sentyabr kuni O’zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrif chog’ida Lord Ahmad Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Senator Sodiq Safoyev, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o’rinbosari Laziz Qudratov bilan uchrashdi. Ular, shuningdek, Afg’onistondagi inqirozni yengillashtirish uchun birgalikda harakat qilish istaklarini muhokama qilishdi.

Lord Ahmad, shuningdek, Moliya vazirining o’rinbosari Odilbek Isoqov bilan iqtisodiy hamkorlik to’g’risidagi Memorandumni imzoladi.

Imzo chekish marosimida Vazir quyidagilarni aytib o’tdi:

Ushbu Memorandum “Iqtisodiy rivojlanish yo’lidagi samarali boshqaruv” (EGED) dasturi doirasida hamkorligimizning boshlanishini belgilaydi va bu dastur kelajakda ham iqtisodiy islohotlarning yangi masalalarini kiritish uchun ochiq bo’lib qoladi.

Buyuk Britaniya EGED dasturi orqali inklyuziv iqtisodiy rivojlanish va davlat boshqaruvida muhim islohotlarni amalga oshirishda O’zbekiston hukumatini qo’llab -quvvatlashda davom etadi.

Muharrirlar uchun qo’shimcha ma’lumot

Нашр қилинган 16 September 2021