Янгилик сюжетлари

Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi hamraisi Toshkentga tashrif buyurdi

Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi hamraisi Barbara Hey Toshkentga tashrif buyurdi

UBTIC Co-Chair Dame Barbara Hay visited Tashkent

Photo credit Anvar Ilyasov

2015 yilning 3-7 noyabr davomida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari Rustam Azimovning taklifiga binoan Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi hamraisi Barbara Hey Toshkentga rasmiy tashrif buyurdi. Barbara Hey hukumat a’zolari hamda xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan Buyuk Britaniya va O’zbekiston orasidagi iqtisodiy va savdo hamkorlikning imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida uchrashdi.

Tashrif davomida honim Hey Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor Ganiev, Iqtisodiyot vaziri Galina Saidova kabi yuqori martabali mansabdor shaxslar bilan uchrashuvlar o’tkazdi. Bundan tashqari Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, Amerika Savdo Palatasi kabi xalqaro tashkilotlar, hamda britaniyalik kompaniyalar va qo’shma-korxonalar vakillari bilan muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, honim Hey “Globus” teatri tomonidan Milliy akademik drama teatrida namoyish etilgan “Gamlet” spektaklini tomosha qilib, Xalqaro investitsiya forumida qatnashdi. O’z tashrifi doirasida Barbara Hey Samarqandga ham safar qilib keldi.

O’zbekistonga tashrif yakunlarini yasab, honim Barbara quyidagilarni ta’kidlab o’tdi:

Men O’zbekistonda ishlaganimdan 16 yil o’tgach qaytib, ro’y bergan o’zgarishlarning guvohi bo’lganimdan nihoyatda mamnunman. Bir qator vazirliklar va idoralar bilan o’tkazilgan foydali muzokaralar O’zbekiston hukumatining iqtisodiy rivojlanish va turli sohalarga yetakchi xorijiy investorlarni jalb qilishga qaratayotgan e’tiborini aks ettirdi. Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi hamraisi sifatida va Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi bilan samarali hamkorligimiz natijasida ko’proq britaniyalik korxonlarni O’zbekiston bozorini va bu yerda ochilayotgan imkoniyatlarni o’rganishga jalb qilish umididaman.

Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi Buyuk Britaniya va O’zbekiston hukumatlari tomonidan 1994 yilda joriy qilingan. Kengash doirasida har yili ikki tomonlama savdo va sarmoyalarni oshirishni muhokama qilish uchun forum uyushtiriladi. O’BSSKning navbatdagi yig’ilishi 18 noyabr 2015 Londonda o’tkaziladi. Ushbu yi’gilish ikkala mamlakat hukumatlari tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor Ganiev va honim Barbara Hey delegatsiyalarni boshqaradilar.

Barbara Hey Avliyo Mixayil va Avliyo Georgiy, Qirolicha Viktoriya va Britaniya Imperiyasining A’lo ordeni kabi bir qator nufuzli mukofotlar egasidir. U Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar vazirligida o’z faoliyatnin 1971 boshlagan bo’lib, 1995-1999 yillar davomida O’zbekistonda elchi lavozimida ishlagan. Honim Barbara TIVdagi faoliyatini 2013 yakunladi.

Нашр қилинган 11 November 2015