Янгилик сюжетлари

O’zbekistonda Jon Smit jamg’armasi nomidagi stipendiyaning ta’sis etilishi

Buyuk Britaniya Tashqi Ishlar Vazirligi Jon Smit jamg’armasi nomidagi beshta Markaziy Osiyo davlatlaridan yeg’ilgan yangi avlod stipendiya sohiblarini tabriklaydi.

JST Fellows

Buyuk Britaniya Tashqi Ishlar Vazirligi Jon Smit jamg’armasi nomidagi yangi avlod stipendiya sohiblarini, ya’ni o’z davlatlari va jamiyatlarini rivojlantirishga hissa qo’shishga intilgan beshta Markaziy Osiyo davlatlaridan yeg’ilgan yigirma olti kishini tabriklaydi.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Jon Smit jamg’armasi stipendiyalarini qo’llab-quvvatlaydi chunki ular Britaniyaning hurmatli siyosatchisi Jon Smitning nomi bilan atalib, demokratik taraqqiyot, ijtimoiy adolat va samarali boshqaruvga o’zining hissa qo’shgan fuqarolarni qo’llab-quvvatlaydi. Markaziy Osiyolik ishtirokchilar Buyuk Britaniyada bo’lib o’tadigan to’rt haftalik intensiv mashg’ulotlar, munozaralar va shaxsiy tadbirlar davomida olgan yangi bilimlardan foydalanib, Jon Smit ishlarini davom ettiradilar.

Ushbu oyda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi va Jon Smit Jamg’armasi Londonda Markaziy Osiyolik stipendiatlar sharafiga tantanali tadbir uyushtirdilar.

Нашр қилинган 21 December 2017