Янгилик сюжетлари

Londondan Sochiga: Toshkentdagi estafeta topshirish marosimi

O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar va O’zbekistondaki Rossiya Federatsiyasi Elchisi janob Vladimir Tyurdenev Olimpiya Shon-Shuxrati muzeyida tantanali marosim o’tkazdilar.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Museum of Olympic Glory in Tashkent

Museum of Olympic Glory in Tashkent

5 avgust 2013 yil O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar va O’zbekistondaki Rossiya Federatsiyasi Elchisi janob Vladimir Tyurdenev London 2012 yil yozgi Olimpiya va Paralimpiya O’yinlarining bir yil o’tgani munosabati bilan va Sochi shaxrida 2014 yilda bo’lib o’tadigan qishki Olimpiya va Paralimpiya O’yinlariga 200 kun qo’lishi munosabati bilan Olimpiya Shon-Shuxrati muzeyida tantanali marosim o’tkazdilar.

Bu tadbirda O’zbekistonlik sportchilar: London O’yinlari va Kazan Universiadasi ishtirokchilari va g’oliblari, bundan tashqari Madaniyat va Sport ishlari vazirligi vakillari, O’zbekiston milliy olmpiya va paralimpiya qomitalari Prezidentlari ishtirok etdilar. Buyuk Britaniya va Rossiya Federatsiyasi Elchilari London Olimpiadasi muvaffaqiyatlari va Sochi Olimpiadasiga tayyorgalik ishlari haqida nutqlar va prezentatsiyalar bilan chiqish qildi. Janob Edgar va janob Tyurdenev London va Sochi Olimpiadalarining ramzlari aks ettirilgan suvenirlarini yosh O’zbekistonlik sportchilariga taqdim etdi. Ular esa sportga oid o’z orzu va istaklari haqida gapirib berdi. Marosim yakunida ikki davlat Elchilari Muzey qarshisida estafeta topshirish ramzi sifatida dafna daraxtini ekishdi va memorial nishon ornatishdi. London Olimpiya va Paralimpiya O’yinlari Xalqaro Olimpiya harakati tarixida eng unutilmaz o’yinlar bo’lib qoladi. O’yinlarda 205 davlatdan 14.700 nafar sportchilar 4 milliardga yaqin tomoshabinlar qarshisida bel sinashgan. Ular ichida 63 O’zbekistonlik sportchilar ham bor edi. Xalqaro Olimpiya Qomitasi Prezidenti Jak Rogge London Olpimpiya O’yinlarini kelajakda bo’lib o’tadigan o’yinlar uchun “o’rnak” bo’lishi kerak deya ta’kitladi. London 2012 O’yinlari Buyuk Britaniyada sport inshoatlari va infrastruktura tizimlarini qurish bo’yicha tajribasi va mahoratini ko’rsatdi: barcha inshoatlar o’z vaqtida va ajratilgan mablag’ ostovida bitkazilib foydalanishga topshirilgan. O’yinlar mamlakat uchun 15 milliard AQSh dollardan ortiq daromad olib keldi. London 2012 imkoniyati cheklangan odamlar uchun eng inklyuziv o’yinlar nomi bilan esda qoldi. Imkoniyati cheklangan insonlarga mansub bo’lgan hamma aspektlar e’tiborga olinganligi sababli o’tgan yili Paralimpiya o’yinlari uchun sotilgan biletlar miqdori bo’yicha rekord o’rnatilgan. Olimpiya parki Londonning o’tmishdagi tashlandiq va ifloslangan zonalaridan birida barpo etilgan. Qurilish jarayonida eng ilg’or texnologiyalar yordamida tozalash ishlari amalga oshirilgan; shuning uchun ham London 2012 O’yinlari tarixdagi eng ekologik toza o’yinlar nomiga ega. Buyuk Britaniya London Olimpiya va Paralimpiya O’yinlari merosi bilan va u meros sport dunyosiga kiritgan ijobiy o’zgarishlar bilan fahrlanadi. Rossiya Federatsiyasida birinchi marotaba o’kazilayotgan qishki Olimpiya (7-23 Fevral) va Paralimpiya (7-16 Mart) O’yinlari Sochi shaxrida o’tkaziladi va bu o’yinlarda 85 davlatdan kelgan 6000 nafar sportchi qatnashishi kutilmoqda. Qishki Olimpiya o’yinlarning tarixida birinchi bora Olimpiya parki qirg’oq tutamida qurilib, birdaniga 75000 kishini sig’dira oladi. Bu olimpiadani eng yuqori ekologik standartlarga ko’ra o’tkazish uchun Sochida 11 yangi, dunyo talablariga javob beradigan sport inshoatlari quriladi. Misol uchun: Fisht deya nomlangan va 69 metr balandlikka ega yangi Olimpiya stadioni o’yinlar ochilish va yopilish marosimi uchun qo’llanilib, bu inshoat 40000 ming tomoshanbinlarni sig’dira oladi.
Olimpiya O’yinlari davomida 7 sport turida 98 medallar komplektlari o’ynaladi. Bu ko’rsatgich Vankuverda bo’lib o’tgan o’yinlardan 12 ga va Turinda bo’lib o’tgan o’yinlardan 14 ga ko’p. Paralimpiya O’yinlarida esa 5 sport turida 72 medallar komplektlari o’ynaladi. Sochi shaxri o’zining noyob o’rta yer dengizi iqlimi va Alp to’glari iqlimli uyg’unligi bilan mashxur. O’rtacha qor darajasi 2 metr. Harorat esa 0 darajadan past bo’lsa ham, havo juda sovuq bo’lmaydi.

Нашр қилинган 5 August 2013