Янгилик сюжетлари

O'zbekistonda Avliyo Endryu kuni bayrami nishonlanmoqda

Avliyo Endryu Shotlandiyaning tabarruk himoyachisi hisoblanadi va shu kun shotlandiyaliklar hamda Shotlandiyaning butun jahondagi roli va uning jahon hamjamiyatiga qoshgan hissasi haqida o’ylash uchun juda qulay fursat sanaladi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Celebrating St Andew's Day in Uzbekistan

Buyuk Britaniya Avliyo Endryu kunini shu yilning 30 noyabrda nishonlaydi. Avliyo Endryu Shotlandiyaning tabarruk himoyachisi hisoblanadi va shu kun shotlandiyaliklar hamda Shotlandiyaning butun jahondagi roli va uning jahon hamjamiyatiga qoshgan hissasi haqida o’ylash uchun juda qulay fursat sanaladi.

Siz, misol uchun, James Bondni ingliz emasligini bilarmidingiz? Shotlandiyalik muallif Ian Fleming o’zining kitoblarida uni shotland deb tariflagan. Yoki bo’lmasam penitsillining yana boshka Fleming isimli shahs tomonidan kashf etilganini hamda televizor va bug’ dvigatelining Shotlandiyada kashf etilganini bilarmidingiz?

Shotlandiya bugun sayyoh bo’lasizmi, talaba bo’lasizmi yoki biznes bilan shug’ullanmoqchimisiz sizga mamlakatni taklif qilishi mumkin bo’lgan imkoniyatlari beqiyos.

Bu yil turizm sohasida Shotlandiya uchun eng yahshi yil bo’layotganga o’hshaydi. Mamlakatga odatda yiliga 20 million odam sayyoh bo’lishi kuzatiladi. Bu ko’rsatgich butun boshli Shotlandiya aholisi miqdoridan 4 barobar ko’proq degani.

Sayyohlar Shotlandiyaning jonli va ko’pmillatli bol’gan shaharlarini, jahon miqiyosidagi san’at festivallarini, hamda minglab tarihiy qasrlar, binolar, jang maydonlari, haroba va muzeylarga boy bo’lgan chiroyli va tabiiy manzaralarni ko’rish uchun tashrif buyurishadi.

Shu bilan birgalikda, 40,000 ga yaqin horijiy talabalar har yil qirollarga hos bo’lgan ta’lim olish uchun mamlakatga kelishadi. Shotlandiyaning dunyo ahamiyatiga ega universitetlaridan biri bo’lgan Avliyo Andryuv universitetida Shahzoda Villiam janobi oliylari ta’lim olgan va bolg’usi rafiqasini uchratgan.

Ta’limdagi bu ustunlik Shotlandiyaga innovatsiya sohasidagi o’ziga hos an’analarni davom ettirishda yordam beradi. Shotlandiya Buyuk Britaniyada Londondan keyin eng yuqori bosqichdagi ta’limni tashkil qilish bo’yicha, tadqioqat va taraqqiyot hamda to’gridan to’gri investitsiyalar kiritish uchun eng qulay joy hisoblanadi.

Shotlandiyaning siyosiy kelajagi borasidagi yuqori ishonch va aniqlik mamlakatda faoliyat yuritayotgan Amazon, Dell, Microsoft, IBM, Morgan Stanley va Pfizer kabi nufuzli firmalar safiga yana boshka ko’plab firmalar qo’shilishiga sabab bolyapti.

Biznes vakillari Evropaning hajm bo’yicha beshinchi moliyaviy markazi hisoblangan Edinburgdagi imkonoyatlar hamda Shotlandiyadagi biznes jarayonlarni mustaqil pudratchilarga o’tkazish, moliyaviy hizmatlar, tabiiy fanlar va biotehnologiyalar, neft va gaz, qayta tiklanadigan energiya va boshka tehnologiyalar bo’yicha yig’ilgan katta tajriba va bilimdan keng foydalanishlari mumkin.

Sayyohlar Shotlandiyada yana butun jahonga mashhur bo’lgan milliy taomlari va ichimliklari hamda turli qasrlarni ko’rish uchun yahshi imkoniyatdir.

Albatta, Shotlandiyaning butun jahon modasiga ko’shgan hissasini unutmasligimiz kerak. Tartan (qalin junli mato) va boshka Shotlandiya matolari dunyo dizaynerlari orasida yuqori sifatli va sevimli matolardan hisoblanadi.

Bu yilgi Avliyo Andryuv kuni Shotlandiyada boshqach ko’rinish olmoqda. Bu kun yangi biznes imkoniyatalarni kashf kiladimi, yoki insonlar hotirasidan chiqmaydigan bayram tusini oladimi, yoki unitilgan shotlandiyaliklar ajdodlari haqida bilib olish imkoniyatini yaratadimi, nima bo’lganda ham, u shubhasiz sizni taajjubda qoldiradi.

Нашр қилинган 28 November 2014