Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri birinchi o’rinbosarining O’zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi. 16-17 aprel kunlari Baronessa Varsi Toshkentda bir qator uchrashuvlar o’tkazdi

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Uzbek - British flag

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri birinchi o’rinbosarining O’zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi. 16-17 aprel kunlari Baronessa Varsi Toshkentda bir qator uchrashuvlar o’tkazdi. Baronessa Varsi kelishidan asosoiy maqsadlari – Buyuk Britaniya va O’zbekiston o’rtasidagi ikki tamonlama munosabatlarni yanada ham mustahkamlash, va siyosiy aloqalar, mintaqaviy havfsizlik va inson huquqlari kabi savollarni muhokama qilish edi. O’z tashrifi cho’g’ida Baronessa Varsi O’zbekistonning bir qator yuqori martabali vakillari bilan uchrashdi. Ular orasida Bosh Vazirining birinchi o’rinbosari va Moliya Vaziri janob Rustam Azimov, O’zbekiston tashqi ishlar Vaziri janob Abdulaziz Komilov, Mudofaa Vaziri general-leytenant Qobul Berdiev, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vaziri janob Elyor G’aniev, O’zbekiston Oliy Majlisi Tashqi siyosat ishlari bo’yicha qomitasining Raisi Senator Sodiq Safoyev va Milliy Inson Huquqlari Markazi Direktori janob Akmal Saidov.

Bundan tashqari Vazir o’rinbosari fuqarolik jamiyati vakillari, hamda O’zbekistonda faoliyat yurutayotgan britaniya kompaniyalari va Britaniya oliy ta’lim dargohlarini bitirgan yosh o’zbekistonlik mutaxassislari bilan samarali uchrashuvlar o’tkazdi. Bu Baronessa Varsining Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirini birinchi o’rinbosari sifatida O’zbekistonga ikkinchi tashrifi va 2012 yildan boshlab uchinchi tashrifi: 2012 yilda Baronessa Varsi Portfelsiz Vazir lavozimida O’zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo’lgan. Bu tashrifdan oldin Buyuk Britaniya tomonidan boshqa bir qator yuqori darajali tashriflar bo’lib o’tgan. 2012 yilning fevral oyida Buyuk Britaniya Mudofaa Vaziri janob Filip Hammond Toshkentga tashrif buyurgandi.

Baronessa Varsi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirinining birinchi o’rinbosari lavozimiga 2012 yil sentyabr oyida tayinlangan. Bundan oldin esa Baronessa Konservativ Partiya raisi o’rinbosari lavozimida faoliyat ko’rsatgan. Baronessa hozirgi paytda ham Buyuk Britaniya Parlamenti Lordlar palatasida Konservativ partiya vakilidir. Baronessa Varsi hozirigi lavozimida Afg’oniston, Pokiston va Bangladesh davlatlari bilan hamda Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarning rivojlanishi, inson huquqlari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, Xalqaro jinoiy sud va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni ilgari surish masalalari uchun mas’uldir. Bundan tashqari Baronessa Varsi Lordlar palatasida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi faoliyati uchun javobgardir.

Нашр қилинган 17 April 2014