Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri o’rinbosarining O’zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumatining Tashqi ishlar va Hamdo’stlik ishlari bo’yicha davlat kotibining Parlament o’rinbosari, Parlament a’zosi, Tobias Ellvud 2016 yil 5-6 aprel kunlari O’zbekistonga tashrif buyurdi.

The Parliamentary Under Secretary of State at the Foreign and Commonwealth Office Tobias Ellwood MP

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumatining Tashqi ishlar va Hamdo’stlik ishlari bo’yicha davlat kotibining Parlament o’rinbosari, Parlament a’zosi, Tobias Ellvud 2016 yil 5-6 aprel kunlari O’zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashqi ishlar vaziri o’rinbosarining tashrifidan maqsad Buyuk Britaniya va O’zbekistonning o’zaro aloqalarni chuqurlashtirish, hamda siyosiy aloqalarning batafsilroq muhokamasi edi.

Tashrif davomida, Britaniya Parlamenti a’zosi Tobias Ellvud Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Dilyor Hakimov, Mudofaa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiev, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G’aniyev, Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo’mitasining raisi Sodiq Safoyev, hamda Inson huquqlari bo’yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov bilan uchrashuvlar o’tkazdi.

Bundan tashqari, Vazir o’rinbosari Toshkentdagi Britaniya sarmoyasi ishtirokida tashkil qilingan korxonalar vakillari, Buyuk Britaniya hukumatining “Chevening” deb nomlangan stipendiya dasturi bitiruvchilari va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetining talabalari bilan uchrashdi.

Bu janob Ellvudning Tashqi ishlar va Hamdo’stlik ishlari bo’yicha davlat kotibining Parlament o’rinbosari sifatida O’zbekistonga birinchi tashrifidir. Bundan oldin Buyuk Britaniya Hukumatining yuqori darajali vakillari qatoridan Tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari Saida Varsi 2014 yilning aprel oyida O’zbekistonga tashrif buyurgan.

Tobias Ellvud Buyuk Britaniya Hukumatining Tashqi ishlar va Hamdo’stlik ishlari bo’yicha davlat kotibining Parlament o’rinbosari lavozimiga 2014 yilning iyul oyida tayinlandi. 2005 yilning may oyida janob Ellvud Konservativ partiyaning Bornmut shahri saylov okrugi tomonidan Parlament a’zosi bo’lib saylandi. Janob Ellvud Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo, terrorizmga qarshi kurash, mudofaa va xalqaro xavfsizlik hamda kadrlar bilan bog’liq masalalar uchun mas’ul.

Нашр қилинган 7 April 2016