Янгилик сюжетлари

O'zbekiston Bank - moliya akademiyasi bilan hamkorlik

Britaniyalik mutaxassis O’zbekiston Bank - moliya akademiyasida master klasslar o’tkazdi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
British expert holds a master class on Finance in Tashkent

www.uzreport.uz

Joriy yilning 24-28 fevral kunlari Bank - moliya akademiyasida ta’lim olayotgan 50 nafar talabalar uchun Bath Universitetidan tashrif buyurgan doktor Ian Krouford xalqaro moliya bozorlari va chet davlatlardan sarmoyalar jalb etish uchun yaratilgan institutlar haqida seminarlar o’tkazdi. Bir hafta davomida o’tkazilgan master-klass tadbirlari Buyuk Britaniya Elchixonasi homiyligida hamda Britaniya Kengshi va Bath Universiteti hamkorlikda tashkil etildi.

Bir hafta davomida d-r Krouford quyidagi mavzular bo’yicha ma’ruzalar o’tkazdi: Evropa moliya bozorlarining va chet davlatlardan sarmoyalar jalb etadigan muassasalarning institutsional tuzilishi va tartiblantirish tizimi hamda Markaziy Osiyo va O’zbekiston moliya bozorlarining tahlili. D-r Krouford talabalarga aynan bu sohalarda Britaniya tajribasini o’rgatdi chunki bu ma’lumot O’zbekistonda qo’llanilishi va moliyaviy vaziyatni yaxshiroq tushinishi uchun qo’l keladi. Aytib o’tish joiz, hamma ma’ruzalar faqat ingliz tilida o’tkazildi.

Yopilish marosimda Professor Adham Bekmuradov, Bank - moliya akademiyasi Rektori, janob Jorj Edgar, Buyuk Britaniya Elchisi, janob Stiv MakNalti, Britaniya Kengashining direktori va d-r Ian Krouford kursni muvaffaqiyatli tugatgan talabalarga sertifikatlar topshirdilar.

“Bizning Bank - moliya akademiyasi bilan hamkorligimiz davom etayotganidan va d-r Krouford O’zbekistonga ikkinchi bor kelishidan behat mamnunman. Biz bu muhim sohada yetuk kadrlar tayyorlashda qatnashayotganimizdan hursadnman chunki kelajakda bu kadrlar O’zbekiston rivojlangan iqtisodiyotining poydevori bo’la oladi”- dedi janob Elchi yolpilish marosimda.

Buyuk Britaniya Elchixonasi va Britaniya Kengashi hamkorligda bunday master klasslarni ikkinchi bora o’tkazmoqda. Avvalgi dastur 2012 yilda bo’lib o’tib, unda Bath va London Metropolitan Universitetlarning mutaxassislari audit, mablag’ va soliqlar tizimi haqida ma’ruzalar o’tkazgan.

Нашр қилинган 28 February 2014
Сўнгги янгиланиш 3 March 2014 + show all updates
  1. Added translation

  2. First published.