Янгилик сюжетлари

Buyuk Britaniya Elchixonasi va Tadbirkor ayollar uyushmasi “Ayollar va bizness haftasini” o’tkazdi

Tadbir davomida 100dan ortiq kichik va o`rta biznes sohasida band bo’lgan Qoraqolpog’iston Respublikasining tadbirkor ayollari turli tadbirlarda ishtirok etdi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
British Embassy co-organises Women in Business Week

Joriy yilning 3 – 5 iyun kunlari Nukus shahrida bo’lib o’tgan “Ayollar va bizness ” haftasi o’z nihoyasiga yetdi. Tadbir davomida 100dan ortiq kichik va o`rta biznes sohasida band bo’lgan Qoraqolpog’iston Respublikasining tadbirkor ayollari turli hil ta’limiy tadbirlarda ishtirok etdi. Tadbirkor ayollar haftasi Buyuk Britaniya Elchixonasi va Tadbirkor ayollar uyushmasini Qoraqolpog’iston Respublikasi bo’limi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Biznessni tashkil etish va uni boshqarish bo’yicha Britaniyalik yetuk mutaxissisi tomonidan o’tkazilgan ikki kunlik master-klass mazkur haftalik doirasidagi tadbirlarda asosiy o’rinni egalladi. Master-klasslar davomida ayollar qanday qilib o’z bizness faoliyatini boshlash, qiyinchiliklarni yengish, o’z mahsulotlarini/xizmatlarini bozorda ilgari surish, mijozlar bilan ishlash, samarali muzokaralar olib borish va o’z kasb ustasiga aylanish haqida saboqlar oldilar. Ma’ruzalar interaktiv tarzda o’tkazildi; shuning uchun ayollar yangi bilimlarni osonlik bilan o’zlashtirib, amaliy mashqlar davomida kuchini sinab ham ko’rdi. Hafta davomida “Tadbirkor ayol: biznessda qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkin” deya nomlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Bu davra suhbati cho’g’ida asosiy spikerlar safi O’zbekistondaki mashxur Britaniya tashkilotlarining vakilalaridan iborat to’pdi: tog’-kon qazish kompaniyasi “Rio Tinto”, pivo ishlab chiqaradigan “Carlsberg” va Britaniya Kengashi. Ular erishilgan mavqe’i haqida Nukusdagi ayollarga so’zlab, biznesda kerak bo’ladigan bir qator qobiliyatlarni rivojlantirish uchun maslahatlar berdi. Alison Bekett, Buyuk Britaniya Elchisining o’rinbosari Buyuk Britaniya jamiyatida ayollar o’rniga bag’ishlangan chiqish qildi. Nazira Yeliboyeva, Tadbirkor ayollar uyushmasini Qoraqolpog’iston Respublikasi bo’limining ijro etuvchi direktori o’z tashkilotining ayollarga biznes sohasida ko’maklashuvchi faoliyati haqida prezentatsiya taqdim etdi. Haftaning ohirgi kunlari davomida esa floristika, dizayn va portyer, pardalar hamda zamonaviy liboslar tikish bo’yicha treninglar bo’lib o’tdi. Bu treninglar Toshkentda taniqli bo’lgan magazinlar sohibalari tomonidan o’tkazilib, treninglar davomida ko’pgina sir tutilgan biznez saboqlar tadbirkor ayollar uchun ochildi. “Nukus shahriga yana tashrif buyurganimdan va iqtidorli va tashabbuskor ayollar bilan ishlashga muvaffaq bo’lganimdan juda baxtliman. “Ayollar va bizness” haftasini o’tkazish g’oyasi birinchi bor o’tgan yilning sentyabr oyida vujudga kelgan. Bizning g’oyalarimiz ro’yobga chiqib, natijalar berayotganidan juda mamnunman. Haftaning har bir ishtirokchisiga kelajakdagi hamma tashabbuslarida omad tilayman va umid qilamanki, ishtirokchilarning ulkan yutuqlari haqida hali ko’p eshitaman” sertifikatlar topshirish va yopilish marosim davomida dedi Alison Bekett. Nazira Yeliboyeva ham o’tkazilgan tadbirning xulosalari haqida to’xtalib quiyidagicha fikrni bildirdi:

Ayollar va bizness” haftasi juda qiziqarli va foydali loyiha bo’lib, 100dan ortiq ayollarni malakasini oshirish uchun imkoniyat yaratib berdi. Ishonchim komil, endigina biznesini boshlayotgan ayollar uchun bu tadbir o’z kuchlariga ishonish va samarali biznes qurish uchun turtki bo’ladi. Tajribali tadbirkor ayollar esa bu haftadan so’ng o’z yondashuvlarini qarab chiqishi va daromadini oshirishi uchun imkoniyat tug’iladi. Uyushtirilgan tadbir bizning mintaqada ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun hissamizdir. Buyuk Britaniya Elchixonasi bilan kelajakda boshqa qiziqarli loyihalar bo’yicha hamkorlik qilamiz degan umiddaman.

Нашр қилинган 5 June 2014