Янгилик сюжетлари

Qurolli Kuchlar vaziri Jeyms Xippi birinchi rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi

Qurolli Kuchlar vaziri Jeyms Xippi O'zbekistonga birinchi rasmiy tashrifini 2021-yil 21-22 sentyabr kunlari amalga oshirdi.

Tashrif chog’ida Jeyms Xippi boshchiligidagi delegatsiya Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Prezidentning Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov va Milliy gvardiya qo’mondoni o’rinbosari Mamirjon G’aniev bilan uchrashdi va Birlashgan Qirollik va O’zbekiston Respublikasi o’rtasida mudofaa va xavfsizlik masalalari bo’yicha harbiy aloqalarni mustahkamlash haqida suhbatlashdi. Shuningdek, ular Afg’onistondagi xavfsizlik holatini baholash va Buyuk Britaniyaning afg’onlarga ko’chish masalalarida ko’mak berish dasturini O’zbekiston tomonidan qo’llab-quvvatlanishi yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, tashrif davomida Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlari vaziri O’zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga ekskursiyaga taklif qilindi. U tashrifining birinchi kunini poytaxtimizdagi “G’alaba” yodgorlik majmuasining “Matonat madhiyasi” haykaliga gulchambar qo’yish bilan yakunladi.

“O’zbekiston 24” milliy telekanaliga bergan intervyusida, tashrifini uch so’z bilan ta’riflash so’ralganda, Vazir uchrashuvlar kunini “do’stona, samarali va umidbaxsh” deb atadi.

Tashrifning ikkinchi kunida Jeyms Xippi va delegatsiya Termizga, O’zbekiston-Afg’oniston chegarasiga yo’l oldi.

Buyuk Britaniya O’zbekiston bilan ikki tomonlama mudofaa munosabatlarimizni qadrlaydi. Biz Markaziy Osiyo xavfsizligi va barqarorligidan birgalikda manfaatdormiz.

Biz pandemiya davrida harbiy hamkorligimizni saqlab qolish uchun ikki tomonlama ko’p mehnat qildik. Biz O’zbekiston Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi bilan Harbiy hamkorlik rejasini qabul qilib, bu hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishdan mamnunmiz”.

Qo’shimcha ma’lumot

Нашр қилинган 23 September 2021