Янгилик сюжетлари

“Yupqa Muz – Iqlim o’zgarish haqida chinakam haqiqat”

O’zbekstondagi Buyuk Britaniya Elchixonasi iqlim o’zgarishlariga bag’ishlangan “Yupqa Muz” film namoishini o’tkazmoqda.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
University of World Economy and Diplomacy (UWED)

University of World Economy and Diplomacy (UWED)

O’zbekistondaki Buyuk Britaniya Elchixonasi Xalqaro Iqtisodiyot va Diplomatiya Universiteti (XIDU) bilan hamkorlikda iqlim o’zgarishlariga bag’ishlangan “Yupqa Muz – Iqlim o’zgarish haqida chinakam haqiqat” deya nomlangan film namosihini 22 May kuni o’tkazdi.

Yupqa muz – bu 2013 yil Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan iqlim o’zgarishlari haqida noyob film. Geologiya fani bo’yicha mutaxassis Saimon Lemb butun dunyo bo’ylab sayohat qiladi; Antarktika qutbidagi platolalardan boshlab to Janubiy okeanning to’fonlarida iqlimni o’rganadi. Dunyoning har bir burchagida iqlim o’zgarishlariga oid masalalarni va insonning bu jarayonga ta’sirini turli olimlar bilan muxokama qiladi.

Oxirgi yillarda iqlim o’zgarishi juda ko’p tilga olinmoqda. Shuning uchun Saimon Lemb o’z kamerasi bilan qurollanib aslida nima bolayotganini o’rganisghga shoshiladi. 3 yildan ortiq Saimon turli fan yo’nalishlarda izlanib, olimlar ishini kuzatib, sayyoramiz qay tarzda va nima uchun o’zgarmoqda va boshqa savollar uchun javob izlaydi. Shu izlanishlari natijasida esa Yupqa Muz deya nomlangan film dunyoga keladi. Bu filmda Saimon Lemb iqlim o’zgarishining asosiy sababi bu havoda karbonat angidrid miqdori ko’payganini ilmiy tarzda tasdiqlaydi.

O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar namoish oldidan ochilish nutqida “Bu filmni O’zbekistondagi eng nufuzli universitetlaridan birida va davlat bo’lajak yetakchilari uchun taqim etayotganimizdan behat mamnunman. O’zbekiston boshqa dunyo mamlakatlari kabi iqlim o’zgarishidan aziyat chekmoqda. Dunyoning bu qismida iqlim o’zgarishi natijasida quruqchilik va suv toshqinlari ko’payishi kuzatiladi. Bunday hodisalar esa albatta qishloq ho’jalik va mintaqadagi suv manbalariga ta’sir ko’rsatadi.”

Bu filmni tomosha qilgan universitet talabalari namoishdan so’ng savollar va javoblar sessiyasida faol ishtirok etdilar. Talabalar xozirgi paytda qo’llanilayotgan il’gor texnologiyalari va atrof muhofazasiga qaratilgan choralar haqida ko’plab savollar bilan murojat qildilar.

Нашр қилинган 23 May 2013