Янгилик сюжетлари

Britaniya Milliy musiqachilari Samarqandda

Britaniya Milliy musiqiy ansamblining Samarqand shaxrida o’tkazilayotgan "Sharq Taronalari" xalqaro musiqiy festivalida ishtirok etti.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Sharq Taronalari

Photo by Sarvar Urmonov (UzA)

Samarqand shahrida 27 avgust kuni “Sharq taronalari” IX xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 52 davlatdan tashrif buyurgan musiqachilar 5 kun davomida ajoyib taronalarini davlat mehmonlari va mezmonlari uchun taqdim etadi. Buyuk Britaniyadan kelgan bu yilgi ishtirokchi “Pentan” ansambli. “Pentan” uch mustaqil musiqachidan iborat bo’lib, O’zbekistonga Uels musiqasining eng saralangan kuylarini olib kelgan. Bu ansamblning har bir ishtirokchisi o’z musiqiy yonalishida ishlaydi, lekin birgalikda ular ajoyib, bo’y musiqa va ta’sirli sherlar orqali noyob Uels asarlarini sahnada yaratadi. Lin Denman (kuychi), Delit Jenkins (arfachi) va Kler Kley (skripkachi) odatda tomoshabinlarning qalbidan chuqur joy egallaydi. Festival davomida ular sevgi va ajralish, o’z uyini o’zlagan dengizchilar, Uels allalari, bolalr qo’shiqlari va boshqa turli xil an’anaviy taronalarni ijro etadilar. O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchisi janob Jorj Edgar boshqa ko’plab mehmonlar va sanoatkorlar bilan birga 15 va 17 asr madrasalari o’rtasida joylashgan qadimiy Registon maydonida bo’lib o’tgan ajoyib ochilish marosimda qatnashdi. O’z ta’surotlari haqida to’xtalib o’tib janob Edgar quyidagini aytdi: “Sharq taronalari festivali turli yonalishdagi musiqachilarni va musiqiy urfodatlarni birlashtiradi. Britaniya mamlakatidan Pentan guruhi tashrif buyurgan va men bundan behat mamnunman. Bu festival kabi tadbirlar aslida millatlarni birlashtiradi va bizning umumiy qadr qimmatlarimizni yuzaga chiqaradi”.

Нашр қилинган 28 August 2013