Янгилик сюжетлари

Britaniyalik ekspert Toshkentda xalqaro investitsiyalar bo’yicha mahorat darslari o’tkazadi

23 dan 27 fevral mobaynida Bat Universitetining professori Ian Krouford O’zbekistondagi Bank va moliya akademiyasi talabalari uchun korporativ byudjet boshqaruvi va investitsiya qarorlari bo'yicha bir qator ma'ruzalar o'tkazadi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Banking and Finance Academy

23 dan 27 fevral mobaynida Bat Universitetining professori Ian Krouford O’zbekistondagi Bank va moliya akademiyasi, hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi talabalari uchun korporativ byudjet boshqaruvi va investitsiya qarorlari bo’yicha bir qator ma’ruzalar o’tkazadi. Bu mahorat darslari Bat universiteti bilan hamkorlikda, hamda Buyuk Britaniya elchixonasining moliyaviy ko’magi yordamida Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etildi.

Maruzalar doirasida Britaniyalik ekspert turli mavzularga to’htalib o’tadi. Xususan, korporativ byudjet boshqaruvi, ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yo’llari, menejerlik qarorlarini qabul qilish, bank sektorida xalqaro moliyaviy hisobot standartlaridan foydalanish, shuningdek, investitsiya havfini baholash va kamaytirish kabi mavzular shular jumlasidandir. Shu bilan bir qatorda, Professor Krouford O’zbekistonda ham amal qilinishi mumkin bo’lgan yuqorida aytib o’tilgan sohalardagi Britaniya tajribasi haqida auditoriyaga ma’lumot beradi. Shu ikki oliy ta’lim muassasalarida ma’ruzalar hamda talabalar bilan bo’ladigan suhbatlar ingliz tilida bo’lib o’tadi.

2015 yilning 23 fevralida Bank-moliya akademiyasida bo’lib o’tgan kurs ochilish marosimida akademiya rektori professor Adham Bekmuradov, O’zbekistondagi Britaniya Kengashining directori janob Mark Crossi, hamda Buyuk Britaniya Elchisi janob Djorj Edgar shu kurslarda qatnashadigan 60 dan ortiq talabalar uchun tabrik nutqi bilan chiqdilar.

Ochilish marosimida Elchi janob Edgar so’zga chiqib shunday dedi:

Men Bank va moliya akademiyasi bilan hamkorligimizni davom ettirayotganligimizdan mamnunman. Shu dargohda professor Krouford hisob bo’yicha uchinchi marta o’tkazayotgan ma’ruzalar seriyasida qatnashadigan talabalrni tabriklamoqchiman. Men professor Kroufordning bilim va tajribalari O’zbekistonda moliyaviy sektor kelgusi rahbarlari uchun foydali bo’ladi deb umid qilaman.

Buyuk Britaniya Elchixonasi va Britaniya Kengashi ko’magida o’tkazilayotgan ushbu mahorat darslari 2012 yildan buyon Bank va moliya akademiyasida uchinchi marta o’tkazilyapti. Bundan burungi tadbirlarda Bat hamda London Metropolitan Universiteti professorlari audit, moliya va soliq bilan bog’liq masalalarda ma’ruzalar qilishgandi.

Нашр қилинган 24 February 2015