Янгилик сюжетлари

Britaniya Elchixonasining hodimi velosipedlar marafonida ishtirok etti

Joriy yilning 15 sentyabr kuni Yevropa Havfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YHHT) va O’zbekiston Ekologik Harakati (O’EH) to’monidan velosipedlar marafoni uyushtirildi.

Бу 2010 to 2015 Conservative and Liberal Democrat coalition government номидан бўлган
Tashkent Cycling Marathon

Tashkent Cycling Marathon

Ushbu tadbirdan ko’zlangan maqsad O’zbekistonda atfor-muhitni saqalash uchun faoliyatni rivojlantirish, barqaror rivojlanishni ta`minlash va ekologik toza transport vositalari haqida ma’lumotni ilgari surish edi. Bundan tashqari tadbir davomida ishtirokchilar O’zbekistondagi velosipedistlar uchun infrastruktura va bu transport vositasini qo’llanishdan foydali taraflarni ham o’rgandilar.

Janob Asif Choudri, O’zbekistondagi Buyuk Britaniya Elchixonasining Siyosat va Xalq Diplomatiyasi bo’limining bo’shlig’i bu marafonda ishtirok etti. Marafon Bunyodkor metro bekatida boshlanib, Turkiston San’at Saroyining oldida nihoyasiga yetti. Tadbirda yetmishga yaqin ishtirokchilar qatnashdi. Ular ichida: O’zbekiston Parlamentining vakillari, O’zbekiston Ekologik Harakatining a’zolari, diplomatlar, jurnalistlar va san’atkorlar.

Marafondan keyin esa tadbir ishtirokchilari Turkiston Saroyida to’planib ajoyib konsert dasturini tomosha qilishga muvofiq bo’ldilar. Konsert boshlanishidan oldin esa janob Dyord Dzyabo, O’zbekistondagi YHHT Elchisi va janob Boriy Alihanov, O’EH raisi marafon davomida ishtilgan velosipedlarni Toshkent bolalar uyiga hadya qilishi haqida rasmiy tarzda ma’lum qildilar.

Velosipedlar O’zbekistonda ommabop transport vositasiga aylanmoqda. Buyuk Britaniyada ham bu transport turi juda keng ishlatiladi. Buyuk Britaniya hukumati davlat ichida va butun dunyo bo’ylab iqlim o’zgarishini oldini olish, “issiqxona” gazlarini kamaytirish va kam uglerodli energiya manbalariga investitsiyalar tikib, muqobil yonilg’i va atrof-muhitni saqlaydigan transport vositalari haqida ma’lumotni targ’ib etmoqda. Bu dastur haqida batafsil ma’lumot quyidagi web sahifada mavjud http://www.britishcycling.org.uk/

Нашр қилинган 17 September 2013